Globallashuv sharoitida milliy til fenomenining ijtimoiy-falsafiy aspektlari
Ключевые слова:
globallashuv, madaniyat, milliy til, jahon tilshunosligiАннотация
Dunyoda yagona siyosiy-iqtisodiy makonni yaratish, uning doirasida
esa xalqlarni yagona madaniyat va yagona til atrofida birlashtirishga
intilayotgan globallashuv jarayoni muayyan til yoki tillarni mintaqaviy yoki
xalqaro tilga aylantirish orqali bir tomondan turli tillarda so‘zlashuvchi
xalqlar o‘rtasida o‘zaro muomala ko‘prigini yaratsa, ikkinchi tomondan
mintaqaviy yoki xalqaro tillarning milliy tillarga ta’siri, jumladan, milliy
tilda chet tillari leksik va boshqa unsurlarning ko‘payishi, milliy tilning
qo‘llanish doirasining qisqarishi va hatto milliy tilning butunlay yo‘qolib
ketishi muammosini ham keltirib chiqaradi. Bunday vaziyat dunyodagi
boshqa milliy tillar qatorida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili
hamda o‘zbek xalqining milliy tili bo‘lmish o‘zbek tiliga ham o‘z salbiy
ta’sirini yetkazishi ehtimolidan xoli emas. Ushbu maqolada o‘zbek tilining
globallashuv sharoitida o‘z identliligini saqlashi borasida fikr yuritiladi.