Mahmud Shabustariyning “Gulshani roz” asari so‘fiylik ta’limotida muhim manba

Авторы

  • Gulchehra Izbullayeva

Ключевые слова:

ta'lim, tarbiya, ilm, orif, komil inson

Аннотация

O‘rta asr Sharq xalqlari ma’naviy merosi bo‘lmish Mahmud
Shabustariy (1289-1340) o‘z davrining mashhur ilohiyot vakili va so‘fiylik
ta’limotining hurmat qozongan shayxi bo‘lib, uning “Gulshani roz”
masnaviysi musulmon madaniyatining qimmatli xazinasi sanaladi. Asar
kichik hajmli, mazmunan keng. Unda islom dini va XIII-XIV asrga tegishli
so‘fiylik ta’limoti qoidalari hamda asoslari belgilangan. Asar didaktik
xarakterga ega bo‘lib, o‘git, pand-nasihatlardan, ya’ni Amir Husayniyning
savollariga Mahmud Shabustariyning javobi shaklida qurilgan.
Shabustariyning “Gulshani roz” masnaviysi o‘zining chuqur va boy
mazmuni bilan tasavvuf adabiyotiga doir buyuk asarlar qatoriga turadi.
Jumladan, “Gulshani roz”, Sanoiyning “Gulshani roz” (Haqiqat bog‘i),
Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, Imom G‘azzoliyning “Mukoshafat ulqulub”, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Avhadiy Marog‘iyning
“Jomi Jam” kabi asarlari sirasiga kiradi. Ushbu asar haqida ma’lumotlar
Jomiyning “Nafohot ul-uns”, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”,
“Majolis un-nafois”, G’iyosiddin bin Humomiddin Xondamirning “Habib ussiyar”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarlarida va
boshqa o‘rta asr mualliflari adabiy va tarixiy manbalarida uchraydi.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12