Vaqt semantikali leksik birliklarning matn shakllantirish imkoniyatlari

Авторы

  • Muhayyo Hakimova

Ключевые слова:

temporallik, matn

Аннотация

Tilshunoslik so‘nggi davrlargacha qismlarni (matnning qurilish
ashyolarini) butundan (matndan) ajratgan holda tadqiq etdi va katta
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Ma’lumki, har qanday qismning
xususiyatlari butun tomonidan belgilanadi. Shuning uchun qismni
butundan mutlaq uzoqlatgan holda tadqiq etish shu qism (element)
mohiyatining to‘liqroq ochilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchi
tomondan, shunday birliklar (hodisalar) mavjudki, ular butun bilan
shartlanganliklari uchun qism talqinida yaxshi o‘rganilmay qoladi.
Uchinchidan, iyerarx (pog‘anali) sistemalarda (til ham iyerarx qurilishga
ega) “butun” tushunchasi nisbiy bo‘lib, eng so‘nggi butunning qayerda
tugashi va makrobutunning mikrobutunlarga munosabati muammolari har
bir fan uchun qator munozarali masalalarni keltirib chiqaradi. Shu nuqtayi
nazardan vaqt ma’noli birliklarni matn shakllantirishdagi ahamiyati,
imkoniyatlarini o‘rganish o‘zbek matn tilshunosligi uchun muhimdir.
Maqolada vaqt ma’noli ot va ravish leksemalarning matn shakllantirish
imkoniyatlari ochib berilgan.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12