Navoiy davridagi Hirot o‘zbeklari tili

Авторы

  • Ergash Umarov

Ключевые слова:

sheva, lug'at

Аннотация

Mazkur maqolada Alisher Navoiy davridagi Hirot o‘zbeklari tilidagi
unli harflarning talaffuziga doir ma’lumotlar yoritilgan. Tekshirish uchun
Husayn Boyqaro buyrug‘i bilan Tole Imon Hiraviy tomonidan Navoiy
asarlari uchun tuzilgan “Badoyi’ ul-lug‘at” kitobi manba sifatida olingan.
Lug‘atshunosning Hirot o‘zbeklari so‘z boyligi, talaffuz me’yorlari borasida
bergan aniq ma’lumotlari Navoiy asarlaridagi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qishda qo‘l
kelishi uqtirilgan. Unli tovushlar talaffuziga monand Navoiyning qofiya
qo‘llash mahorati tahlil qilingan. Ayrim so‘zlarning Qashqadaryo, Surxon-
daryodagi barlos, qovchin, chig‘atoy, qo‘ng‘irot kabi urug‘lar tilida hozir
ham qo‘llanilishi shoir asarlaridan keltirilgan misollar orqali ko‘rsatilgan.
Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda “Badoyi’ ul-lug‘at”dan
foydalanish zarurligi ta’kidlangan.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12