Tarix fanini oʻqitishning lokal-modulli texnologiyalari

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.1/NAIH9094

Авторы

  • Alisher Ismailov

Аннотация

Mazkur maqolada tarix fanini oʻqitishda muhim boʻlgan atamalar, sanalar, tarixiy shaxslar, raqamlarni oʻrganishga doir lokal-modulli texnologiyalar yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
lokal-modulli texnologiyalar amaliyotga keng tatbiq etilgan boʻlib, unda
oʻqituvchilar uchun yangi mavzuni oʻrganish, takrorlash, umumlashtirish
va mustahkamlash doirasida qoʻllash boʻyicha metodik tavsiyalar berilgan.
Ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan tarix fani ta’limning xronologiya va mohiyati nuqtayi nazaridan murakkab (shaxslar, atamalar, sanalar,
hukmdorlar, raqamlar va h.) masalalarni oʻzida aks ettirganligi sababli
oʻquvchilar tomonidan materiallarning oʻzlashtirilishi hamma vaqt ham
oson kechmaydi. Hozirgi kunda tarix fanini oʻqitishda tarixning murakkab
jihatlarini oʻrganishga qaratilgan lokal texnologiyalardan foydalanish
davr talabidir. Ta’lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning
uch sathi belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul).
Lokal (modul) texnologiya o‘quv tarbiya jarayonining maxsus bo‘limlariga
texnologiyani tatbiq qilishni ifoda qiladi. Bu texnologiya xususiy didaktik
va taibiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratiladi.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12