Temuriylar renessansi va Alisher Navoiy

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.1/SUWN1391

Авторы

  • Burobiya Radjabova

Ключевые слова:

Temuriylar uyg‘onish davri

Аннотация

Maqolada Temuriylar Uyg‘onish davri va Alisher Navoiy mavzusini
yoritishda, asosan, Alisher Navoiy haqida fikr yuritilsa-da, ammo talqinda
Bobur “Boburnoma”da tilga olgan o‘sha davr ilmiy va madaniy hayotining
yirik vakillaridan shoh va shoir Sulton Husayn Boyqaro, Kichik Mirzo,
Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurahmon Jomiy, shoir Binoiy, amir Shayxim
Suhayliy, Zayniddin Mahmud Vosifiy, Bobur asarlari, she’rlari to‘g‘risida
ham mulohazalar yuritilgan. Boburning mazkur shaxslar haqidagi fikri,
mulohazalari, bergan bahosi tahlil qilingan. Temuriylar Renessansining
ulug‘ shoiri, buyuk mutafakkiri, taniqli davlat hamda jamoat arbobi Alisher
Navoiy shoh va shoir Boburning hayot hamda ijod yo‘lida alohida o‘rin
tutadi. “Boburnoma”da Alisher Navoiy haqida o‘n ikkita qimmatli ma’lumot
va lavhalar bitilgan. “Boburnoma”dagi ma’lumotlar orqali temuriylar
davridagi adabiy-madaniy muhit haqida ham yoritib borilgan.

Загрузки

Опубликован

2021-10-11