O‘ZBEK-INGLIZ FARMATSEVTIKA TERMINLARI KORPUSI LINGVISTIK TA’MINOTINING MILLIYMADANIY ASOSLARI

Авторы

  • Dlafruz Xudoyqulova

Ключевые слова:

farmakologiya, farmakogniziya, farmatsevtika, dori nomlari, tibbiyot, kishilik jamiyati, surtma, giyoh, kimyoviy modda, metall.

Аннотация

Maqolada o‘zbek-ingliz farmatsevtika terminlari korpusi lingvistik ta’minotining milliy-madaniy asoslari yoritilgan. Tibbiyot sohasi insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilm-fan yutuqlaridan hisoblanib, hozirgi kunda internet resurslari ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasiga ega. Tibbiy terminlarning aksariyati lotincha asoslardan shakllangan bo‘lib, ularning o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llanishi chog‘ishtirilayotgan tillardagi umumiylikni ta’minlaydi. Shuningdek, lotin tilidan ayrim tibbiy terminlarning kalkalab olinishi o‘zbek va ingliz tillaridagi shu ko‘rinishlardagi terminlar muqobilligini ta’minlagan.
O‘zbek-ingliz tillaridagi farmatsevtika terminlarining farqli jihatlari, avvalo, terminlarning tarixiy taraqqiyotida, tarixiy-genetik asoslarida ko‘rinadi. Ingliz tilida qadimdan lotincha tibbiy terminlar, dori nomlarining qo‘llanishi, o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlarida lotincha terminlarning kam kuzatilishi, bu tildagi o‘zlashmalarning keyingi taraqqiyot bosqichlariga xosligi, tarixiy bosqichlarda arabcha, forscha-tojikcha dori nomlarining faol qo‘llangani kuzatiladi. Maqolada o‘zbek tilidagi dori nomlarining qadimiy ko‘rinishlari Abu Bakr Roziyning tibbiy risolalarida keltirilgan terminlar misolida tahlil etilgan. Tarixiy dori nomlarining o‘zbek-ingliz farmatsevtika terminlari korpusining ma’lumotlar bazasini boyituvchi manba sifatidagi qiymati ko‘rsatib berilgan.

Загрузки

Опубликован

2024-02-25

Выпуск

Раздел

Статьи