O‘zbek tilshunosligida zamonni ifodalovchi grammatik shakllar tasnifi
Keywords:
zamon, zamonlar tasnifi, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, nutq momenti, ishora vaqt, harakat-holat vaqti.Abstract
Maqolada zamonni ifodalovchi grammatik shakllarning o‘zbek tilshunosligidagi ayrim tasniflari o‘rganilgan. Zamon kategoriyasi ko‘p o‘rganilgan mavzulardan biri bo‘lishiga qaramay grammatik shakllarining miqdori va tasnifi borasida bir fikrga kelinmagan. Shuningdek, ba’zi tasniflarda barcha zamon shakllari to‘liq qamrab olinmagan. Tasniflardagi bu har xilliklar sabablaridan biri o‘zbek tilida zamon va mayl kategoriyalarining uzviy bog‘langanligidir. Qolaversa, tasniflarda ajratilgan hozirgi-kelasi zamon atamasi ham tilshunoslar tomonidan turlicha talqin qilingan. Jahon tilshunosligida zamonlar tasnifida vaqtning uch nuqtasi: nutq momenti (N), ishora vaqt (I), harakat-holat vaqti (H) hisobga olinadi. Maqolada o‘zbek tilidagi zamonni ifodalovchi grammatik shakllar NIH munosabatidan kelib chiqqan holda tasniflangan.