O'zbek tili diplomatik terminlari tizimida semantik munosabatlar
Keywords:
diplomatik termin, leksema, leksik-semantik munosabatlar, antonomiya, sinonimiya, partonomiya, antonomiya, graduonimiya.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida erishilgan natijalarni yanada to‘ldirish, takomillashtirish maqsadida o‘zbek tili diplomatik terminlar tizimida guruhlararo va leksemalararo semantik munosabatlar yoritilgan. O‘zbek tilining diplomatik terminlar sistemasi ham o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga va turli lisoniy qiymatli leksemalarga ega sistema hisoblanadi. Mazkur sistemaga mansub leksemalar va leksemalar guruhining leksik-semantik munosabatlarini aniqlash, o‘zbek tili leksikasining sistemaviy xususiyatlarini ochishga yordam beradi. Maqolada inson ongida mavjud bo‘lgan diplomatik tushunchalarni aks ettiruvchi leksik birliklarning paradigmatik qatorlarini belgilashga, inson ongida anglatgan mazmuniy mundarijasiga, ularning nutqiy voqelanishi hamda qo‘llanishi, semantik munosabatlar antonimik, partonimik, sinonimik, graduonimik nuqtayi nazardan yoritilgan.