Omonimlar – tafakkur omili
Keywords:
omonim, omonim leksemalar, semantik usul, turkum sinkretizmi, tajnis, iyhom, tuyuq, til, tafakkur, idrok, lisoniy ong, lingvokulturologiya, stereotip.Abstract
Maqolada omonimlarning tafakkurni rivojlantirish omili sifatidagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Alisher Navoiyning omonimlarga oid mulohazalari tahlil qilingan. Omonimlarning hosil bo‘lish usullari, turkiy tillarda semantik usulning faol kuzatilishi qayd etilgan. Omonim asosida badiiy san’atlar, tajnis san’ati, iyhom san’atining tafakkurni yoritishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Turkiy xalqlarning “xos ash’ori” sifatida tilga olingan tuyuq janri, uning lisoniy ong, tafakkur, idrok bilan bevosita aloqadorligi asoslangan. Omonim ishtirokidagi matnlarning, badiiy san’atlarning nutqni rivojlantirishdagi o‘rni, tafakkurni o‘stirishdagi ahamiyati yoritilgan.
Omonimlardan foydalanish, omonimlarni keng yoyish usullaridan biri sifatida omonimlarning mukammal izohli lug‘atini yaratish tamoyillari ko‘rsatilgan. Omonimlar lug‘atini shakllantirishdagi vazifalar keltirib o‘tilgan. Omonimiya hodisasining inson miya faoliyati, idrok darajasi bilan bog‘liqligi, omonim bilan bog‘liq tuyuq, askiya janrlari, tajnis, iyhom san’atlari, ularning fikrni rivojlantirishdagi ahamiyati, ta’lim jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan xususiyat ekanligi ta’kidlangan.