Alisher Navoiy asarlaridagi etnonimlar

Authors

  • Baxtiyor Abdushukurov

Keywords:

millat, еtnonim, etnik tarix, etnogenez, lingvogenez, onomastika.

Abstract

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir hazrati Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan qavm, urug‘, qabila, elat, xalq, millat nomlari xususida so‘z boradi. Shuningdek, etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, muayyan axborotni yetkazish uchun xizmat qilishi, astasekinlik bilan o‘sha jamoa yashaydigan hudud nomiga aylanishi haqida fikr yuritiladi. Ayni paytda, maqolada so‘z mulkining sohibqironi Alisher Navoiy asarlarida ifodalangan etnonimlarni tadqiq etish xalq va millatning hayot kechirgan manzillari, turmush tarzi, kelib chiqishi, etnogenezini aniqlashga yordam berishiga e’tibor qaratilgan. Zero etnonimlar tarixi, qo‘llanishi, tarqalishi va hozirgi holatini o‘rganish etnik tarix, etnogenez, lingvogenez hamda onomastika muammolarini hal etishga ko‘maklashadi.

Downloads

Published

2023-05-11