Alisher Navoiy nasriy asarlari matnida gaplarni chegaralashga doir
Keywords:
matn, gap, nasriy asar, mumtoz adabiyot, tinish belgilari, sintaksis, kiritma konstruksiya, akademnashr.Abstract
Alisher Navoiy asarlarining, xususan, nasriy asarlarining nashr matnlarini tayyorlash murakkab bo‘lib, unda nashrga tayyorlovchidan filologiya ilmining barcha sohalaridan xabardor bo‘lishni talab qiladi. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz vakillarining asarlarini joriydagi alifbo asosida nashrga tayyorlashda, albatta, punktuatsiya asoslarini mukammal bilishi bilan barobar sintaksis bilimlariga ham ega bo‘lishi talab etiladi. Shu tamoyildan kelib chiqib, ushbu maqolada Alisher Navoiyning keyingi 30-35 yil ichida nashr (elektron) qilingan matnlarida gaplarni chegaralashda tinish belgilarining qo‘yilishi tanqidiy o‘rganildi va u bilan bog‘liq ravishda matnda gaplarning boshlanishi masalalari ham o‘rin oldi.
Maqolada tanlab olingan Alisher Navoiy asarlaridagi gaplarda tinish belgilarining xato qoʻllanishi va munozaraga sabab bo‘ladigan o‘rinlari, uning kelib chiqishi, gaplarning boshlanishida yordamchi so‘zlarning ishtiroki kabi masalalar yoritilgan.