O‘zbek tilida so‘z birikmalarining lisoniy sintaktik qoliplari va ularni modellashtirish masalasi

Authors

  • Oqila Abdullayeva
  • Sabura Xudayarova

Keywords:

so‘z birikmasi, lisoniy sintaktik qolip, LSQ, modellashtirish, lingvistik model.

Abstract

O‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan so‘nggi tadqiqotlarda yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, til birliklarining lisoniy sintaktik qoliplarining aniqlanishi, lingvistik amallarni, tahlillarni avtomatik bajarish ishlari jadal rivojlandi. Til korpuslarining qurilishi, morfonalizatorning ishlab chiqilishi, keyingi qadam sifatida esa sintaktik analizator dasturining lingvistik va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilishi muhim vazifa hisoblanadi. Aynan mana shunday avtomatik tahlil dasturlari uchun til birliklarining lisoniy qoliplari aniqlanishi va modellari ishlab chiqilishi zarur. Mazkur maqolamizda o‘zbek tilidagi so‘z birikmalarining LSQlarining umumiy guruhlari aniqlandi va lingvistik modellar taklif qilindi.

Downloads

Published

2023-05-09