“Rashahot” asarida Xojagon tariqati asoslari bayoni
Keywords:
Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy, “Rashahot aynu-l-hayot”, rashha, Xoja Yusuf Hamadoniy - Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy - Xoja Bahouddin Naqshband, yozdah kalimot-i qudsiya-i Xojagon (Xojagon tariqatining o‘n bir asosi), “Hush dar dam” (har lahza Alloh taolo yodi, Alloh taolo zikri bilan mashg‘ul bo‘lmoq) muborak iborasi.Abstract
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz boy merosi bugungi kunda dunyo fondlarida saqlanib kelinmoqda va olimlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ajdodlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy-estetik olami, ayniqsa, qo‘lyozma manbalarda o‘zining yorqin, go‘zal ifodasini topgan bo‘lib, bu manbalar sog‘lom e’tiqodli komil insonni tarbiyalashdek muhim va g‘oyat mas’uliyatli ishda eng ta’sirchan va samarali vositalardan biri ekanligi allaqachon e’tirof etilgan
haqiqatdir.
Milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz tiklanib, qadimiy qo‘lyozma merosimiz durdonalarini har tomonlama yanada chuqurroq o‘rganishga davlat siyosati darajasida jiddiy ahamiyat berilayotgan hozirgi kunda biz ko‘hna madaniy merosimizni, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan milliy tariximizni teranroq anglab yetmoqdamiz.
Ushbu maqola XVI asrda yashab, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan yetuk manoqibnavis va tazkiranavis olim Faxruddin Aliy Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy Hiraviyning (1463–1539) Xoja Ubaydulloh Ahrorga bag‘ishlab yozgan “Rashahot aynu-l-hayot” (Hayot bulog‘i tomchilari) asari va mazkur asarda kalimot-i qudsiya-i Xojagon (Xojagon tariqati asoslari, prinsiplari) nomi bilan tafsilotli bayon qilingan o‘n bir muborak ibora bayoni, xususan, birinchi Xojagon tariqatining birinchi asosi “Hush dar dam” (har
lahza Alloh taolo yodi, Alloh taolo zikri bilan mashg‘ul bo‘lmoq) iborasining tadqiqi va sharhi tahliliga bag‘ishlangan.