Bolalar hajviy she’riyati – ma’rifiy va estetik tarbiya quroli sifatida
Keywords:
hajviya, satira, yumor, poetika, ritm, shakl, mazmun, poetik bo‘yoqdorlik, tagma’no.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek bolalar she’riyati, uning g‘oyaviy maqsadlari, yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni hamda mazkur jarayonda hajviy she’riyatning ahamiyati, shuningdek, bolalar hajviy she’riyatining o‘zbek milliy madaniyati ildizlari bilan chambarchas bog‘liqligi masalalari muhokama qilingan. Aslida o‘zbek she’riyati, umuman, adabiyot azaldan insonlarga ma’naviy oziq bo‘ladigan tarbiya quroli sifatida yaratilgan. Ayniqsa, bolalar she’riyatining birlamchi vazifasi yosh avlod ongida ezgulik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni umuminsoniy va milliy g‘oyalar asosida tarbiyalash hisoblangan. Mazkur vazifani amalga oshirish jarayonida hajviy she’riyatning o‘rni ayniqsa katta. Chunki bolalar ruhiyatiga og‘ir, tarbiya to‘g‘ridan to‘g‘ri targ‘ib qilingan she’rlardan ko‘ra hajviy yo‘nalishda yozilgan asarlar tezroq yetib boradi hamda adabiyot ma’naviy-ma’rifiy va etik-estetik tarbiya quroli ekanligini yana bir bor isbotlaydi.