O‘zbek tilining Iqon shevasi vokalizmini areal o‘rganishga doir
Keywords:
sheva, lahja, adabiy til, fonema, tovush, old qator unli, orqa qator unli.Abstract
O‘zbek shevalari murakkab tarkibga ega ekanligi adabiyotlarda aytilib kelinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi o‘zbek shevalari yanada murakkabligi va o‘ziga xosligi, ya’ni turli guruhlarga aloqadorligi bilan ajralib turadi, jumladan, nisbatan kichik hududga ega bo‘lgan shimoliy o‘zbek shevalarida qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga taalluqli shevalar qayd qilinadi. Iqon shevasi esa o‘g‘uz lahjasi turkumiga kiradiki, bu sheva bo‘yicha tadqiqotlar Y.D.Polivanovdan keyin
davom ettirilmay qolgan. Bu sheva haqida prof. Y. D. Polivanov maqolasi e’lon qilinganiga deyarli bir asr o‘tdi, bu davr ichida shevada sekinlik bilan bo‘lsa-da, muayyan o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu sheva to‘g‘risida Q. Muhammadjonov shimoliy o‘zbek shevalarini o‘rganish jarayonida ba’zi fikrlarni bildirgan, lekin uning tadqiqot obyektiga kirmagan. Ushbu maqolada Iqon shevasining unli va undoshlar tizimini regiondagi boshqa shevalar munosabatida, shevaga xos bo‘lgan fonetik
xususiyatlarning boshqa shevalarda ham tarqalganligi, shevadagi fonetik jarayonlar, shevaga xos tovushlarning geografiyasi masalasi yoritilgan.