"Boburnoma"ning turkiy tillardagi tarjimalarida paremiyalarning aks etishi

Authors

  • Dilafruz Muhammadiyeva

Keywords:

«Boburnoma», «Babыrnama», «Vekayi», memuar, tadqiqot, tarjima, asliyat, qo‘lyozma, nusxa, tarjimon, sharqshunos, ozarbayjoncha, turkcha, qozoqcha, ruscha, ibora, maqol, matal, frazema.

Abstract

«Boburnoma» yaratilgan davrdan boshlab turli davrlarda, turfa tillarda so‘zlashgan sharqshunoslar diqqatini o‘ziga tortib kelgan va bir necha asrlar davomida kitobxonlarning sevimli kitobiga aylanib ulgurgan. Ammo bir qancha ilmiy ishlarda ayrim ma’lumotlar uchraydi. O‘zga tillarga qilingan tarjimalarning saviyasini aniqlash, ularni o‘zaro qiyoslab o‘rganish orqali ilmiy qimmatini belgilash o‘zbek xalqining jahondagi boshqa xalqlar bilan adabiy-madaniy aloqalarini o‘rganish nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Ushbu maqolada ana shu jihatga, «Boburnoma»ning Sharq xalqlarida o‘rganilishi, ularning tarjimalaridagi o‘ziga xosliklar haqida so‘z yuritiladi. «Boburnoma»ning tarjimalari haqida yaxlit, mukammal tadqiqot olib borilmagan. Ammo bir necha tadqiqot ishlarida ayrim ma’lumotlar uchraydi. O‘zga tillarga qilingan tarjimalarning saviyasini aniqlash, ularni o‘zaro qiyoslab o‘rganish orqali asarning ilmiy qimmatini belgilash o‘zbek xalqining jahondagi boshqa xalqlar bilan adabiy-madaniy aloqalarini o‘rganish nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Zero, «Boburnoma» dunyo sharqshunoslari yakdillik bilan qayd etganlaridek, insoniyat madaniyatiga qo‘shilgan katta ulush hisoblanadi.

Downloads

Published

2023-05-06