Lingvistik ontologiya – leksik ma’lumotlar bazasi

Authors

  • Manzura Abjalova

Keywords:

ontologiya, lingvistik ontologiya, tezaurus, axborotqidiruv tizimlari, semantik munosabatlar.

Abstract

Jahonda inson faoliyatining bilim talab qiladigan zamonaviy sohalari rivojlanishi kompyuter texnologiyalari rolining oshishi bilan belgilanadi. Bugungi kunda axborot oqimi sezilarli darajada koʻpaymoqda, endi ularni saqlash, taqdim etish, formallashtirish va tartibga solish, shuningdek, avtomatik qayta ishlashning yangi usullarini izlash zarurati yuzaga kelmoqda. Shu bois turli amaliy maqsadlarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan keng qamrovli bilim bazalariga qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa, inson omilisiz matndan har qanday ma’lumotni chiqarib oluvchi neyroto ʻrlarga asoslangan tizimlarga ehtiyoj katta. XX asr yarmida butunjahon tarmogʻi bilan bir qatorda semantik veblar paydo boʻldi, unda gipermatnli sahifalardagi elementlar semantikasi haqida axborot tashuvchi qoʻshimcha teglar bilan ta’minlandi. Semantik vebning ajralmas qismi ontologiya tushunchasi boʻlib, u soʻzlar tarmogʻidan iborat leksik ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Mazkur maqolada ontologiya terminining yuzaga kelishi, faylasuflarlarning ontologik qarashlari, tezaurus va ontologiya konseptlari tahlil qilindi. Axborot-qidiruv tizimlari tezaurusini yaratish omillari yoritildi.

Downloads

Published

2023-05-06