Temuriylar renessansida musiqa san’ati

Авторы

  • Oqilxon Ibrohimov

Ключевые слова:

mumtoz, renessans, kuy, sozanda, ud, risola, qonun, aytim, cholg‘u, shoir, miniatyura, usul.

Аннотация

Buyuk Amir Temur davrida shakllangan ilg‘or musiqa an’analari sulola davomchilari – Temuriy hukmdorlar saroyida mumtoz san’at timsoli o‘laroq munosib davom ettirilgan edi. Ularning fan va san’at namoyandalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va yaratib bergan shart-sharoitlari asnosida ilm jabhalari ravnaq topdi, musiqa sohasining ijtimoiy-madaniy ahamiyati benihoya ortdi, kasbiy ijod va ijrochilik san’atlari yangi sifat bosqichiga yuksaldi. Bu davrda, ayniqsa, maqom san’ati misli ko‘rilmagan darajada ravnaq topgan. Xususan, saroy madaniyatida nufuzli o‘rin tutgan O‘n ikki maqom tizimi asosida musiqa ustozlari tomonidan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi ko‘plab asarlar ijod etilgani e’tiborga molikdir. Pirovardida esa o‘zbek xalqi musiqa san’atining kelgusidagi rivojlanish istiqboli va asosiy tamoyillarini belgilab bergan bu davr mumtoz musiqa an’analari O‘rta Osiyo va undan ham kengroq miqyosdagi mintaqa xalqlarining madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, buyuk musiqachi va nazariyotchi olimlarning samarali faoliyati insoniyat madaniy tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Binobarin, olamshumul ahamiyat kasb etgan Temuriylar renessansi musiqa san’ati jahon tamaddunida yuksak qadrlanadi.

Загрузки

Опубликован

2023-05-06

Выпуск

Раздел

Статьи