Besutun bitiklari Alisher Navoiy talqinida

Authors

  • Sharif Yoqubov

Keywords:

g‘am tog‘i, Besutun, lirik qaqramon, Farhod, Ko‘hkan, so‘z san’ati, ko‘ngil, g‘am, qiyoslash

Abstract

Ushbu maqola Alisher Navoiy asarlarida “Besutun” atamasining qo‘llanishiga bag‘ishlangan. Shoir hayoti davomida tarixiy voqealar, moziyga daxldor yodgorliklar, xalq orasida saqlanib kelayotgan rivoyatlarni to‘plab boradi. Ularga qayta ishlov berib, lirik she’rlari va epik asarlarida samarali foydalanadi. Navoiy ijodiy faoliyatida har bir so‘zdan unumli foydalandi. Bu uning asarlaridagi so‘zlar va atamalarning ishlatilishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ana shunday so‘zlardan biri “Besutun” atamasi hisoblanadi. Bu atama shoirning “Xazoyin ul-maoniy” nomli turkiy va fors-tojik tilida yaratilgan “Devoni Foniy” devonlarida qo‘llanilib, yorqin obrazlar yaratish imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, shoir ushbu atamani o‘z va ko‘chma ma’nolarida qo‘llab, chiroyli tashbehlar yaratdiki, u ijodkorning ruhiy olamida kezib yurgan tuyg‘ularini ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Bu atama orqali so‘z san’atining nafis va takrorlanmas namunalarini yaratadi.

Downloads

Published

2023-05-06