Herman Vamberi — mumtoz adabiyot tadqiqotchisi

Authors

  • Bahodir Karimov

Keywords:

tarix, geografik muhit, san’at, tarjima, maqol, doston

Abstract

Mojar olimi Herman Vamberini (1832-1913) dunyo ilmiy-adabiy jamoatchiligi mashhur filolog olim, sharqshunos, sayyoh va adib sifatida taniydi. Uning asarlari turkiyshunos, sharqshunos, tilshunos hamda tarjimashunos olimlar e’tiborini o‘ziga jalb etib keladi. Aslida Vengriyada tug‘ilib, Yevropaning turli ilmiy tashkilotlariga a’zo bo‘lgan H.Vamberining hayot yo‘li, ilmiy faoliyati juda qiziq. 1857-1860-yillarda Istanbulda yashab turk tilini puxta o‘rgandi. Darvesh qiyofasida Turkistonga sayohat qilgan payti (1863-64) Buxoro, Samarqand, Xeva, Qo‘ng‘irot kabi shaharlarda bo‘ladi. Keyinchalik sayyoh ko‘rgan kechirganlarini “O‘rta Osiyoga sayohat” (1865) degan kitobida bayon qiladi. Herman Vamberi bu asarida Turkistonning tarixi, geografik muhiti, madaniyati, san’ati, tili va adabiyoti to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Bevosita o‘zi tanishib suhbatlashgan ayrim tarixiy shaxs va adiblarni eslab o‘tadi.
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotini o‘rganish va xorijda tarjima etilib, targ‘ib qilinishiga o‘z hissasini qo‘shgan nemis olimi Herman Vamberining ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berilgan.

Downloads

Published

2023-05-06