Аbdurаuf Fitrаt va Buxoroda Jadidchilik

Authors

  • Zaynabidin Abdirashidov

Keywords:

Turkiston, Jadidchilik, Fitrat, Buxoro, Istanbul

Abstract

Abdurauf Fitrat Turkiston jadidchiligining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri sifatida tan olingan. Uning dunyoqarashining markazida ijtimoiy erkinlik g‘oyasi va demokratik davlatning yangi konsepsiyasi yotadi. Fitratning islomiy g‘oyalarga qiziqishi uning musulmon Sharqiga bo‘lgan qarashlari bilan bevosita bog‘liq. Zamonaviy jadidshunoslikdagi muammolar va ularni tahlil qilish, Turkiston jadidchiligi, xususan, Fitrat hayoti, ijodi va faoliyati bilan bog‘liq hal qilinmagan ko‘plab muammolar yoki bahslar bor degan xulosaga kelish mumkin. Birlamchi manbalarni tahlil qilishdan olingan xulosalar jadidchilik, xususan, Fitratshunoslikda ma’lum o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Aynan shu o‘zgarishlar bizga Fitratning ilk faoliyat davri, xususan, Istanbuldagi faoliyati haqida aniq javoblar berish imkonini beradi.

Downloads

Published

2023-05-06