Alisher Navoiyning samo’ falsafasi

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.2/AZNO2597

Authors

  • Oqilxon Ibrohimov

Keywords:

chang, mug‘anniy,, mutrib, advor, maqom, risola

Abstract

Ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy yaratgan badiiy
asarlar teran mazmuni va nafis ohangdorligi bilan o‘quvchi qalbida katta
taassurot uyg‘otadi. Zero, mutafakkir qalamiga mansub g‘azal va dostonlar
musiqaning eng go‘zal va latif ko‘rinishi bo‘lgan samo hikmatlari bilan
yo‘g‘rilgan. Bu hol bejiz emas, albatta. Zotan, diltortar kuy va nafis taronalar
Navoiy ijodining ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi. Shu boisdan uning
asarlarida botiniy musiqa sadolari “ichki tinglov” ila mudom his qilinadi,
qahramonlar tavsifi esa goho benazir sozanda va xonandalar siymosi
o‘laroq yorqin gavdalanadi. Shuningdek, advor ilmidan yaxshi xabardor
Navoiy asarlarida maqom san’atiga oid ko‘plab maxsus atama va iboralar
bayon etilayotgan voqelikning eng nozik va muhim nuqtalarida namoyon
bo‘lishi kuzatiladi. Binobarin, Navoiyning ijodiy merosi maqomlar tarixi va
falsafiy ta’limotini o‘rganishda ham qimmatli manbadir.

Published

2021-10-11