Lingvistik kompetensiyaning ingliz tilini xorijiy til sifatida oʻqitishdagi ahamiyati

Authors

  • Fazilat Sattorova

Keywords:

kompetensiya, lingvistik kompetentsiya, kommunikativ kompetensiya, aloqa, kommunikativ yondashuv, oʻqish, tinglash, yozish, gapirish, rolli oʻyinlar, interfaol mashqlar.

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi kunda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitishda til nazariyasida “kommunikativ yondashuv” qonun-qoidalarini qabul qilgan holda tadqiq qilish haqida soʻz boradi. Nazariy asoslarini oʻrganish bizni hozirgi kunga qadar mavjud boʻlgan til kompetensiyasining tadqiqi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar toʻgʻrisida biroz oʻylab koʻrishga undaydi. Lingvistik kompetensiya masalalari bilan juda koʻp olimlar shugʻullanishgan. “Lingvistik kompetensiya” atamasi bir necha yillar davomida rivojlangan va tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida qaraladigan bir nechta olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariy fikrlar haqida soʻz boradi. Lingvistik kompetensiya oʻzlashtirilgan lingvistik bilimlar tizimi va lingvistik bilimlar bilan bogʻliqdir. U muloqot, kommunikatsiyada foydalaniladigan til tizimining usulidir. Noam Xomskiy umumiy grammatika konsepsiyasini ishlab chiqdi va unda lingvistik kompetensiya til tizimining bir darajasi boʻlib hisoblanadi. Xomskiyning fikriga muvofiq, kompetensiya til tizimining ideal sistemasi va soʻzlovchilarning oʻz tillarida aniq gaplarni ifoda etishi uchun grammatik bilimga ega boʻlishi talab etiladi. 1970-yillarda ingliz tilini oʻqitish chet tillarni oʻqitishda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Lingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismidan biridir va quyidagi olimlar tomonidan oʻz ilmiy izlanishlarida Haims (1972), Kanal va Swan (1980) va Alkon (2000) bu haqida tadqiqot olib borilgan.

Downloads

Published

2023-05-05