Xoja Bahouddin Naqshbandning hayoti, faoliyati va qarashlari: G‘ijduvoniyga qaytish va Xojagon-naqshbandiya ta’limotining takomillashtirilishi

Авторы

  • Komiljon Rahimov

Ключевые слова:

Xoja Bahouddin Naqshband, tasavvuf, xojagonnaqshbandiya tariqati, xojagon-naqshbandiya ta’limoti, yettinchi pir, zikri xafiy, zikri jahriy, rashhalar, tarkidunyochilik, kasb-kor bilan shug‘ullanish, ijtimoiy faol so‘fiylik.

Аннотация

Xoja Bahouddin Naqshband (718/1318-791/1389) XII asrda Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (taxm. 496/1103-575/1179) tomonidan asos solingan tariqatni takomillashtirib, nufuzli tariqatlardan biriga aylantirdi. Xoja Bahouddin Naqshband G‘ijduvoniy tomonidan joriy etilgan, ammo zikri jahriyni ma’qul topgan keyingi pirlar tomonidan bekor qilingan zikri xafiyni qaytadan joriy etdi, Yusuf Hamadoniy va Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan ishlab chiqilgan sakkiz rashhaga uchta yangi rashha (vuqufi zamoniy, vuqufi adadiy, vuqufi qalbiy) qo‘shib, ularning sonini o‘n bittaga yetkazdi. Bahouddin Naqshband tarkidunyochilik va go‘shanishinlikni inkor etarkan, odamlar bilan faol munosabatda bo‘lish va kasb-kor bilan shug‘ullanish, shu bilan bir paytda bir lahza bo‘lsa-da xudoni esdan chiqarmaslikni targ‘ib etdi.
Ushbu maqolada tarixiy manbalar va tadqiqotlarga tayangan holda Xoja Bahouddin Naqshbandning hayoti, faoliyati va ta’limoti to‘g‘risida nisbatan aniqroq ma’lumotlar berishga hamda bu boradagi yangicha xulosalar bayon etishga harakat qilingan.

Загрузки

Опубликован

2023-05-05

Выпуск

Раздел

Статьи