Kichik lirik janrlar tarjimasidagi ba’zi muammolar

Authors

  • Aidakhon Bumatova

Keywords:

she’riy tarjima, poetika, ritm, shakl, mazmun, vazn, poetik bo‘yoqdorlik, tagma’no.

Abstract

Mazkur maqolada tarjimon tomonidan kichik hajmdagi she’riy janrlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar hamda mutarjim tomonidan amalga oshiriladigan asliyat matni tahlili va talqini, shuningdek, she’riy matn ruhiyatini tashkil etuvchi asosiy unsurlar bo‘lmish shakl, ma’no va matnning poetik elementlari, ularning tahlili va tarjimada saqlanish qonuniyatlari muhokama qilingan. Badiiy tarjima o‘zining pragmatik xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa tarjima turlari orasida nisbatan murakkabroq tizimni tashkil etadi. Maqolada barcha tahlillar Sharq mumtoz adabiyotining ingliz tiliga amalga oishirilgan tarjimasi namunalari asosida tahlil qilingan bo‘lsada, ko‘rib chiqiladigan muammolar va ularning taklif etilayotgan yechimini zamonaviy she’riyat tarjimasi jarayoniga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Downloads

Published

2023-05-05