Usmonli Imperiyasi davrida tilni rejalashtirish va milliy o‘zlikning barpo etilishi

Authors

  • Zamira Hamidova

Keywords:

alifbo, til, milliy o‘zlik, Turk alifbosi, inqilob, etnik guruhlar.

Abstract

Til o‘z tuzilishiga ko‘ra jamiyatni kelajakka olib borishda muhim vosita hisoblanadi. Milliy o‘zlikni anglashda, shuning bilan birga, mustaqillikni tarix sahnasida isbotlashda muhim bir belgi bo‘lib xizmat qilgan til, uni yozuvda ifoda etishda qo‘llanilgan alifbo bilan doimiylik kasb etadi. Alifbo va milliy o‘zlikning o‘ziga xos namunalaridan biri, Usmonli imperiyasidan qolgan meros ustida OTATURK rahbarligida chuqur izlanishlar natijasida amalga oshirilgan Turk alifbosi inqilobidir. Turk alifbosi inqilobi, Turk ijtimoiy tuzilishidan tortib, davlat darajasigacha bo'lgan har bir bosqichda sistematik shaklda tatbiq etilishi va muvaffaqiyati bilan bugungi til siyosati va alifbo tadqiqotlari uchun ham namuna bo‘lmoqda. Ushbu tadqiqotda Usmonli imperiyasidan Turkiya Respublikasining ilk yillarigacha davom etgan til, alifbo va o‘zlik siyosatlari muhokama qilinib, millat boʻlishning eng muhim talablaridan biri boʻlgan til va alifboning roliga alohida e’tibor qaratiladi.

Downloads

Published

2023-05-05