Mumtoz maqomlarning shakllanish tarixidan

Авторы

  • Oqilxon Ibrohimov

Ключевые слова:

musiqa, samo, maqom, navo, payg‘ambar, marosim

Аннотация

Og‘zaki an’anadagi kasbiy musiqaning yuksak namunalari
bo‘lgan maqomlar aksariyat musulmon Sharq xalqlari mumtoz musiqa
merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Arabcha “maqom” atamasi
musiqada tovushlarning mukammal uyushmasi va muayyan usullar
(ritmik tuzilmalar) asosida ijod etilgan cholg‘u kuy va aytim (ashula)-lar turkumini ifodalaydi. Salobatli maqom turkumlarining mazmunmohiyatini teran anglashda, avvalo, bu san’atning yuzaga kelish tarixi va
rivojlanish omillari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Poydevor asoslari juda qadimiy bu san’at tarixini ikki yirik davrga
ajratish mumkin. Birinchi davrda hozir bizga ma’lum (tom ma’nodagi)
maqom turkumlari bo‘lmagan, balki maqomlarning bunyod etilishida
poydevor yanglig‘ ahamiyat kasb etgan ohang-tovush manbalari, ta’bir joiz
bo‘lsa, o‘q ildizlari yuzaga kelgan. Bu manbalarning muhim bir qatlamini
ulug‘ payg‘ambarlardan kelayotgan ma’anviy meros namunalari tashkil
etsa, yana bir qatlami – Sharq xalqlari musiqa ijodiyotining qadimiy
qadriyatlariga daxldordir.


Загрузки

Опубликован

2021-10-12

Выпуск

Раздел

Статьи