Nutq jarayonida noverbal vositalarning pragmatik хususiyatlari

Authors

  • Gulrux Hasanova

Keywords:

noverbal vositalar, pragmatika, imo-ishoralar, nutqiy akt, kontekst, deyksis, kommunikatsiya

Abstract

Inson nutqi ongi, dunyoqarashi uning mafkurasi bilan chambarchas
bog‘liq bo‘ladi. O‘z nutqi orqali inson jamiyatda ma’lum axborotni qabul
qilib oladi va shu bilan birga aynan nutq orqali ma’lum axborotni uzatadi.
Ana shu jarayonda nutq ta’sirchanligini oshirish uchun noverbal vositalar
maydonga chiqadi. O‘z navbatida, noverbal vositalar til belgilarining nutqda
namoyon bo‘lishida asosiy ko‘makchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuni
ham aytish joizki, aynan noverbal vositalarga nutq jarayonida pragmatik
jarayonni yuzaga keltirishda asosiy omillardan biri sifatida qaraladi.
Shuningdek, pragmatik axborot muloqot vaziyati orqali ham noverbal
ifodalanishi mumkin. Kommunikativ vaziyatga, gapning ma’nosiga, uning
qachon, qayerda va kim tomonidan aytilganiga qarab noverbal vositalarning
o‘rni belgilanadi. Bu xatti-harakatlar, albatta, kontekst tushunchasi bilan
uzviy bog‘liq bo‘ladi. Kontekst har qanday og‘zaki muloqotning muhim
qismi bo‘lib, u muvaffaqiyatli muloqot yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu
esa, o‘z navbatida pragmatik vaziyatni ham yuzaga keltiradi. Shuningdek,
nutqda ifodalanayotgan har bir axborot makonga va zamonga tayangan
holda ifodalanadi. Tilga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, aloqa va axborot
uzatish vositasi sifatida shuni ta’kidlash lozimki, tilning bu funksiyasining
asosiy xususiyati deyksis hisoblanadi.

Published

2021-10-12