“Boburnoma” va “Shajarayi turk”da muallif obrazi

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.1/OVSR2885

Авторы

  • Marg‘uba Abdullayeva

Ключевые слова:

tarixiy voqelik

Аннотация

Tadqiqotda davlat arbobi, shoh va shoir – Zahiriddin Muhammad
Bobur va Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy-memuar asarlaridagi muallif
obrazi qiyosiy o‘rganilgan. Tarixiy voqealarni tasvirlashda xolislik, muallif
“men”i, voqelikka munosabat, muallif dunyoqarashi kabi masalalar tahlil
etilgan. Memuar asarlar “Boburnoma” va “Shajarayi turk”da mualliflarning
tarixiy ma’lumotlarni bayon etishdagi o‘ziga xosliklari tadqiq etilgan.
“Boburnoma”da Bobur, “Shajarayi turk”da Abulg‘ozi obrazlarini
ularning har ikkalasi hayotida yuz bergan toj-taxt uchun kurash, hukmdor
sifatida mamlakatni boshqarish, shu bilan birga ijod qilishlari bog‘lab turadi.
Shu sabab Bobur bilan Abulg‘ozi boshqa davrlarda, boshqa mamlakatlarda
toj-taxt uchun kurash olib borgan bo‘lsalar-da, o‘z yurtini qo‘lga kiritishga
xizmat qilgan qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. Bobur “Boburnoma”da
o‘zining tug‘ilganidan to umrining oxirigacha bo‘lgan hayoti haqida bir
sahifada ma’lumot bermaydi, balki asarni taxtga chiqishidan boshlaydi.
Abulg‘ozi esa o‘zi haqida asar muqaddimasida hech narsa demaydi,
balki asarning yozilish sababiga qisqa to‘xtalib o‘tadi. Birinchi bobni esa
qadimdan (Odam Atodan) boshlaydi. O‘zi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni
asarning so‘nggi boblarida batafsil yoritadi.

Загрузки

Опубликован

2021-10-11

Выпуск

Раздел

Статьи