The Language of Alisher Navoi’s Works and Andijan Dialect

DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2020.1/NCDE4433

Authors

  • Samixon Ashirboyev

Keywords:

singarmonizm, sheva, tayanch dialekt, eski o‘zbek adabiy tili, adib

Abstract

Alisher Navoiy asarlari tili XV asr adabiy tilning nodir yodgor-
ligi sifatida jahonda shuhrat qozonganligi ma’lum. Uning asarlarida
ijtimoiy hayotning barcha sohalariga oid katta leksika aks etgan, o‘zbek
klassik adabiy tilining fonologik va grammatik tizimi uning asarlari tufayli
muayyan me’yorlarga tushdi va klassik asarlar tili sifatida o‘zining mavqeini hozirgacha saqlab qolmoqda. Alisher Navoiy asarlari tili, garchand,
adabiy tilning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilsa-da, bu adabiy til
qaysidir sheva negizida shakllangan bo‘lishi tabiiy, chunki adibning o‘zi
ham qaysidir shevaning vakili bo‘lganligi uchun ham uning asarlariga shu
sheva yoki lahja nisbatan ko‘proq qamrab olinishi tayin. Boshqacha aytganda, uning asarlari tiliga o‘sha qaysidir sheva tayanch sheva vazifasini
bajargan bo‘ladi. Adib asarlari uchun tayanch bo‘lgan sheva masalasi ko‘p
yillardan beri ilm ahlini qiziqtirib kelmoqda hamda munozaraga sabab
bo‘lib kelmoqda. Bu munozaraga Boburning Andijon shahri ta’rifida aytgan so‘zlari asos bo‘lmoqda. Bunga ko‘ra, adib asarlari tili Andijon sheva-
siga mos keladi. Bu borada taniqli turkologlar va o‘zbek tilshunoslari o‘z
mulohazalarini bildirganlar. Ushbu maqolada bu munozaralar tahlil qilingan va Boburning fikri yangi talqinda, ya’ni Andijon shevasi qarluq sheva-
larining biri sifatida qaralishi tavsiya etilgan.

Published

2021-10-11