TIBBIY ATAMALARNI TUR VA SINFLARGA AJRATISHDA ONTOLOGIK TAMOYILLAR

Authors

  • Zebo Qodirova

Keywords:

ontologik tamoyillar, domenga xos ontologiya, ko‘p domenli ontologiya, iyerarxik munosabat, taksonomik munosabat, Part_of, is_a.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tibbiy terminologiya yuzasidan olimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ularning natijasida yaratilgan tibbiy terminologik izohli va tarjima lug‘atlar tavsiflangan.
Dunyoda turli fan sohalari terminologik tizimida zamonaviy yondashuvlar nuqtayi nazaridan tadqiq etgan, xususan, tibbiy terminologiyani ontologik tamoyillar asosida tasnif etgan yirik loyihalar o‘rganilgan. Asosiy qismda tibbiy terminologik tizimdagi ayrim sinflar aniqlangan va sinflar o‘rtasidagi semantik munosabatlar ifodasi misollar orqali ko‘rsatilgan. Ontologik tamoyillar asosida tibbiy terminologik tizim tavsiflari iyerarxik, taksonomik, mantiqiy munosabatlar asosida namunalar bilan izohlangan.

Downloads

Published

2025-01-20