TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHDA EGANING MODELLARI
Keywords:
ega, tilni modellashtirish, NLP, sintaktik tahlil, amaliy tilshunoslik, tobelik tahlili (dependency parsing), token.Abstract
Ushbu maqolada gap bo‘laklaridan bosh bo‘lak hisoblanmish eganing modellari so‘z turkumlari (ot, fe’l, sifat, son, ravish, olmosh, ibora, taqlid, modal va undov so‘zlar) kesimida aniqlangan, eganing har bir so‘z turkum doirasida ifodalanishi misollar yordamida izohlangan hamda shu asosida mashina uchun o‘qitishga mo‘ljallangan modellari tuzilgan. Maqolaning ikkinchi qismida tabiiy tilni qayta ishlash jarayonida dependency parsing modellari ahamiyati, afzalliklari va ular yordamida eganing modellarini yaratish haqida ma’lumotlar berilgan. Eganing so‘z turkumlar doirasida hamda dependency parsing asosida bunday modellarini yaratish o‘zbek tili uchun sintaktik analizatorning ishlab chiqilishidagi dastlabki qadamlardan biri bo‘lishi maqsad qilingan. Tadqiqot uchun besh yuzta gap saralab olingan va ularning tahlili asosida eganing modellari yaratilgan. Maqola tilshunoslik va kompyuter lingvistikasidagi yangi tadqiqotlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.