N-GRAMLAR ASOSIDA IMLONI TUZATISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
n-gram, imloni tuzatish tizimi, Spellcheckerlar, NLP.Abstract
Imloni avtomatik tuzatish tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasidagi juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu qidiruv tizimlari, kayfiyatni tahlil qilish, matnni qisqartirish kabi turli vazifalarda qo‘llaniladi. Imloni tuzatish jarayonida, kutilganidek, xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash amalga oshiriladi. NLP vazifalarida biz ko‘pincha tipografik xatolarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bilan ishlaymiz. Shunday paytlarda imlo tuzatish tizimi yordamga kelib, modelning samaradorligini oshiradi. Masalan, biz “apple” so‘zini qidirishni istab, “aple” deb yozsak, qidiruv tizimi hech qanday natija bermasdan, “apple”ni taklif qilishini xohlaymiz. N-gram modeli imlo xatoliklarini aniqlash va tuzatish jarayonini samarali bajarishda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada N-gram modeliga asoslangan imlo tuzatish tizimining ishlash prinsiplarini, afzalliklarini, qiyinchiliklarini va amaliy qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz.