O‘ZBEK TILI FRAZEMALARINING MORFOLOGIK SHAKLI VA VARIANTLARI TADQIQIGA AN’ANAVIY VA KORPUS TAHLILI YONDASHUVI
Keywords:
O‘zbek frazeologiyasi, morfologik shakllar, variantlilik, an’anaviy yondashuv, korpus tahlili, leksik variantlilik, grammatik variantlilik, lingvistik korpuslar, frazeologik birliklar.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili frazeologik birliklarining morfologik shakllari va variantliligi an’anaviy va korpus tahlili yordamida o‘rganiladi. Tadqiqotda til birliklariga, jumladan, frazeologik birliklarga xos bo‘lgan variantlilik hodisasiga urg‘u beriladi. Lingvistik korpuslardan foydalangan holda o‘zbek tilidagi ko‘plab frazeologik birliklarning morfologik shakllari va paradigmatik variantlari aniqlandi, bu esa an’anaviy lug‘atlarda aks etmagan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek tili frazeologik birliklarida leksik va grammatik variantlilik kuchli ekanligi hamda bu o‘z navbatida tilning boyishida katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, frazeologizmlarni tadqiq etishda an’anaviy lug‘atchilik yondashuvlarining cheklanganligi va korpus tahlilining zaruriyati ta’kidlanadi.