Sharq-u G'arb ma’rifatchilik adabiyotining uyg‘unligi va o‘ziga xosligi
Keywords:
madaniy-adabiy muhit, Sharq va G'arb ma’rifatchiligi, ma’rifatchilik harakati, jadidchilik harakati, demokratik qadriyat, zamonaviy janr.Abstract
Mazkur maqolada Sharq-u G'arb ma’rifatchiligining mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. XVII – XVIII asrlarda G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan g'oyaviy-mafkuraviy harakat, bu harakat g'oyalari bilan birlashib ketgan va targ'ib qilingan adabiyot, ya’ni ma’rifatchilik adabiyoti haqida mulohazalar keltirilgan. Yangicha o‘zgarishlar natijasi adabiyotga qay yo‘sinda ta’sir ko‘rsatgani, uning ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida tahlillar berilgan. Ma’rifatchilik harakatining davomiyligini jadidchilik harakati tashkil qilganligi, jadidchilik harakatining vakillari adabiyot ravnaqi uchun, ijtimoiy tuzum rivoji uchun qilgan xizmatlari e’tirof etilgan va tahlilga tortilgan. Maqolada keltirilgan tahlillar Cho‘lponning “Sharq nuri”, Lermontovning “Spor” (“Munozara”) she’ri, Ulug' nemis shoiri I.Gyote va Xo‘ja Hofizning she’riy asarlari asosida olib borilgan. Zero, Gyote Hofiz orqali butun Sharqqa bir umr muhabbat bog'lab, “G'arbu Sharq devoni” ni bitadi. Shuningdek, maqolada XVIII asrda Yevropada quloch yoygan ma’rifatchilik harakati bilan jadidchilik harakatining mushtarak jihatlari tasniflangan. Ma’rifatchilar jamiyatni taraqqiy toptirishga inqilobiy to‘ntarishlar, isyonlar bilan emas, ezgulikni, adolatni, ilmni targ'ib qilish yo‘li orqali erishmoqchi ekanliklari ma’rifatchilik va jadidichilik adabiyoti namoyondalari asarlari misolida tavsif qilingan.