Olamning hissiy-konseptual manzarasi, hissiyotlar va qo‘rquv konsepti
Keywords:
olamning lisoniy manzarasi, olamning hissiy-lisoniy manzarasi, hissiyotlar, bazis hissiyotlar, qo‘rquv tutlari tasnifi.Abstract
Inson mohiyatini o‘rganishga antroposentrik yondashuv zamonaviy tilshunoslik fanining eng muhim rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir. Antroposentrik yo‘naltirilgan tilshunoslikni, XX asr o‘rtalarida tilni insondan tashqarida, odamni esa tildan tashqarida tadqiq qilishga asoslangan strukturalizmga, tilshunos olimlarning o‘ziga xos reaksiyasi sifatida paydo bo‘ldi deyish mumkin. Hissiyotlar tilini o‘rganishga fanlararo yondashuvlarning integratsiyasi bizga his-tuyg'ularning tilda ifodalanishining obyektiv manzarasini ochish va nutq subyekti tomonidan voqelikni hissiy va intellektual talqin qilinish jarayonlarini konseptual modellashtirish asoslarini aniqlash imkonini beradi. Shunga ko‘ra maqolada hozirgi kunda ko‘p qo‘llanilayotgan “olamning manzarasi”, “olamning lisoniy manzarasi”, “olamning hissiy-lisoniy manzarasi” kabi terminlarni sharhlashga harakat qilingan. Shuningdek, inson kechinmalari tizimida hissiyotning tutgan o‘rni, turlari tasniflab berilgan.