Milliy va anglosakson ilmiy kontekstlarida lingvokulturologiya
Keywords:
lingvokulturologiya, madaniy (analitik) tilshunoslik, til, madaniyat, tafakkur, muloqot, metodologiya, nazariy asos, paradigma, antropotsentrizm, funksional paradigma, strukturalizm, langue, parole, cultural turn, linguistic turn, pragmatic shift.Abstract
Ushbu maqolada milliy kontekstlardagi lingvokulturologiya fani, tadqiqot yo‘nalishi, metodologiyasi hamda anglosakson, jumladan, nemiszabon ilmiy kontekstlarida lingvokulturologiya konseptiga muqobil bo‘lgan madaniy (analitik) tilshunoslik tadqiqot yo‘nalishi, dasturi hamda metodologiyalarining status quo holati, rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu qarashlar zamiridagi antroposentrik va funksional paradigmalar ham ko‘rib chiqilgan hamda qiyosiy tahlil qilingan. Jumladan, dunyoning ko‘plab ilmiy kontekstlarida ko‘p vaqt davomida tilga bir tomonlama formal-struktural yondashuv natijasida reduksionizm vujudga kelgan.
An’anaviy tilshunoslikning kamchiliklarini yengib o‘tish maqsadida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikka yondosh fanlar doiralarida tilning madaniy aspektlarini ham tadqiq qiluvchi, yangi shakllangan defisli-lingvistikalar hamda funksional paradigma tadqiqot uslubining shakllanishiga zamin yaratgan jarayonlar tahlil qilingan. Ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida xalqaro miqyosda amalga oshirilgan lingvistik, madaniy hamda pragmatik burilishlarga atroflicha to‘xtab o‘tilgan.