Sud-tergov jarayoni bilan bog'liq yozma matnlarning identifikatsion lingvistik belgilari xususida

Authors

  • Jumanazar O‘rozov

Keywords:

lingvokriminalistika, identifikatsion belgi, anonim xatlar, grafalogik ekspertiza, yozma nutqning umumiy va xususiy belgilari.

Abstract

Mazkur maqolada sud-tergov jarayoni bilan bog'liq qo‘lyozma matnlarning identifikatsion belgilari tahlil qilingan. Xususan, muallifi noma’lum bo‘lgan qo‘lyozma matnlarni grammatik, leksik-semantik, stilistik xususiyatlari tahlil qilingan. Bugungi axborot olamida qo‘lyozma matnning turli qismlarini tahlil qilish orqali matn muallifini aniqlash muammosi tobora ortib bormoqda. Hujjatni o‘rganish uchun unga aloqador shaxslar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar va uning yaratilishi, kompleks yondashuvdan foydalanish zarur. Shundan kelib chiqib, qo‘lyozma matnlarni tadqiq qilishda umumiy va xususiy identifikatsion belgilarga bo‘lib chiqish joizdir. Qo‘lyozma matnlarni tadqiq qilishda muallifning psixologik holati, yoshi, kasb turi kabi turli ma’lumotlarni aniqlash imkoniyati birmuncha yuqori. Qo‘lyozma matnlarning kriminalistik tadqiqotida yozma nutqning umumiy va maxsus belgilari ajralib turadi. Bu esa matn muallifining leksik, grammatik, uslubiy belgixususiyatlarini aniqlash va baholash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa ekspertga muallif haqida umumiy jihatlarni ochishga yordam beradi.

Downloads

Published

2024-09-06