Bolalar nutqiga xos illokutiv aktlarning semantik tasnifi
Keywords:
illokutsiya, nutqiy akt, nutqiy xulq, nutqiy harakat, nutqiy vaziyat, bolalar nutqi, kommunikativ maqsad, kommunikativ faoliyat, pragmalingvistika, presuppozitsiya.Abstract
Maqolada “nutqiy akt” tushunchasining pragmatik mohiyati yoritilgan. Nutqiy aktning zaruriy komponentlari qayd etilgan. Muloqot jarayonida nutqiy aktning qaysi turidan foydalanish so‘zlovchining kommunikativ maqsadiga bog'liq bo‘lsa-da, insonning ruhiy-emotsional holati, gender xususiyati, yosh jihati kabilar ham nutqiy akt turining tanlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, bu holat ayniqsa, bolalar nutqiy faoliyatida yorqin namoyon bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Unda bolalar kommunikativ faoliyatida illokutsiyaning yuzaga kelish sabablari izohlangan. Ular nutqiga oid illokutiv aktlar semantik xususiyatlariga ko‘ra tasniflangan. Bolalar muloqotida nutqiy aktning bir qator mazmuniy turlari qo‘llanilishi, ular tomonidan hosil qilingan nutqiy aktlarning har bir mazmuniy turi o‘ziga xos sintaktik strukturaga ega bo‘lishi, ayrim akt ko‘rinishlari, hatto, maxsus leksik-semantik qatlamiga egaligi bilan ajralib turishi, illokutsiya kuchi nutq egasining axborotni bayon qilish usuli, taktikasi bilan bog'liq bo‘lishi, bolalarda ham muayyan axborotni bayon qilishning o‘ziga xos usullari mavjudligi, ular tomonidan kommunikativ niyatning yashirin ifodalanishi xususida so‘z yuritilgan.