Turkiy til strukturasi mahalliy ziyolilar talqinida
Keywords:
tilshunoslik tarixi, turkiy til, kalima, ism, sifat, zamir, odot, mutakallim, muxotab, g'oyib, mufrad, jam.Abstract
Turkiy tilshunoslik tarixi bo‘yicha boy material to‘plangan bo‘lsa-da, XX asr boshlaridagi mahalliy mualliflarning turkiy (o‘zbek) tili bo‘yicha amalga oshirgan ishlari hali o‘rganilishi lozim. To‘g'ri, ushbu ishda tadqiq obyektimiz bo‘lgan asarni to‘laqonli ilmiy asar deb baholamasak-da, til ilmida shu davrdagi o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki asar sifatida hamda uning ilm uchun va unga tanqidiy baho berish uchun ahamiyatli ekanligini ta’kidlagan bo‘lar edik. Asar “Turkcha qoida” deb nomlangan, lekin unda o‘zbek tili faktlariga asoslanilgan. Shunisi ma’lum ediki, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo tillari tushunchasi ustun bo‘lib, aniq tillar nomi emas, balki “turkiy til” tushunchasidan foydalanish keng tarqalgan edi. Shu tufayli ham Muhammad Karimxoja bu asarni yuqoridagidek nomlashga majbur bo‘lgan va unda o‘zbek tili, qisman, Toshkent shevasi materiallaridan foydalangan, lekin asarning biron o‘rnida ham o‘zbek terminini ishlatmagan. Asarda, asosan, o‘zbek tilining grammatik qurilishi aks etgan bo'lsa-da, nazariy jihatdan bo‘sh asarlar turkumiga kiradi. Uni faqat shu davrda turkiy tillardan birida yaratilgan grammatik asar sifatida o‘rganish mumkin edi.