Fitratning aruz va milliy she’r tizimi xususidagi mulohazalari
Keywords:
she’r tizimi, aruz, barmoq, usul, hijo, rukn, turoq, ohang, bo‘g‘in.Abstract
Abdurauf Fitrat she’r ilmining yetuk bilimdoni sifatida bir qancha tadqiqot va risolalarda poetika, vazn, badiiyat masalalarida jiddiy e’tibor qaratgan. She’r va shoirlik masalasi, mumtoz va milliy she’r tizimi, uning badiiy adabiyotdagi o‘rni kabi ilmiy-tahliliy tadqiqotlar Fitrat ilmiy faoliyatining asosini tashkil etadi. Fitrat o‘z davrining qomusiy olimi sifatida mumtoz she’r nazariyasi borasida yirik tadqiqotni amalga oshirgan, tadqiqot asosida taqdim qilingan ilmiy xulosalar nafaqat o‘z davri, balki bugungi kun adabiyotshunosligi uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Olimning aruz va XX asr boshlarida kirib kelgan milliy she’r tizimi borasida ilmiy-nazariy qarashlari bir qancha ilmiy risola va maqolalarining asosiy obyekti vazifasini bajargan. Maqolada Fitrat she’r tizimi xususidagi tadqiqotlari tahlilga tortilgan.