Ingliz va o‘zbek tillaridagi farmatsevtika terminlarini kognitiv-semantik aspektda tadqiq etish
Keywords:
farmakogniziya, farmakologiya, farmatsevtika, dori nomlari, dorivor ashyo, dorivor giyoh, tibbiy soha, tibbiy termin, o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam, qomusiy manba, korpus, parallel korpus, tezaurus.Abstract
Maqolada farmatsevtika terminlarining eng qadimgi tushunchalar sifatida til sohiblarining bilimi, tajribasi, tafakkuri, idroki bilan bog‘liqligi yoritilgan. Farmatsevtika terminlari, xususan, ingliz va o‘zbek tilidagi dori nomlarini tadqiq qilishda kognitiv-semantik aspektda yondashish til sohiblarining tibbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini tahlil qilishda, tafakkuri, idrok darajasini yoritishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Farmatsevtika terminlari lingvistik-filologik aspektda tadqiq etilgani, monografik plandagi kognitiv-semantik tahlilni amalga oshirish zarurati va dolzarbligi qayd etilgan.
Ingliz tilidagi farmatsevtika terminlarining lug‘atlarda va korpuslarda, o‘zbek tili dori noomlarining qomusiy olimlar asarlarida, tarixiy-badiiy manbalarda, lug‘atlarda jamlangani, farmatsevtika terminlari hajmi jihatidan o‘zbek tili keng imkoniyatlarga ega ekanligi aytib o‘tilgan. Ingliz va o‘zbek tili farmatsevtika terminlari tadqiqiga doir taklif va tavsiyalar berilgan.