Shevalar – etnoslararo til munosabatlarining tarixiy dalili
DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.4/NEQS6803
Keywords:
etnoslar aro tarixiy jarayonlar, mahalliy til, etnik til, qipchoq va qarluq lahjasiAbstract
Sharqda XI asrda Mahmud Qoshg‘ariy boshlab bergan tilni 
areal-tipologik va areal-lingvistik metodlar orqali o‘rganish, har qanday 
lingvistik nazariya va konsepsiyalarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan 
shevalarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish bugungi kunda 
ham muhim masalalardan hisoblanadi. G‘arb tilshunosligida XIX asrdan 
areal lingvistikaning paydo bo‘lishi dialektologiya sohasidagi masala va 
tushunchalarni yangicha baholashga, yangicha usullarda hal qilishga keng 
yo‘l ochdi. Til sistemasini yaxlit o‘rganishda dialekt va sheva areallarini 
nazariy asoslariga tayanib, tarixiy-qiyosiy va etnolisoniy jihatdan tadqiq 
etish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. 
Maqolada janubi-g‘arbiy Namangan shevalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning tarixiy genezisi, tarqalishi va amal qilish areali masalalari 
haqida fikr yuritiladi. Shevadagi lisoniy belgi-xususiyat va qonuniyatlarning voqelanish jarayonlari qiyosiy-tarixiy jihatdan yoritilgan