NLPDA SEMANTIK TEGLASH USULLARI

Authors

  • Botir Elov
  • Shahlo Hamroyeva
  • Marjona Hamroqulova

Keywords:

tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), semantik teg, semantik teglash usullari.

Abstract

Jahon tilshunosligida kompyuter lingvistikasi muammolarini oʻrganish XX asrning 40-yillarida boshlandi, 60-yillarda mazkur jarayon jadallashdi. NLP tizimlari, avtomatik tarjima, tezaurus, elektron lugʻatlardan foydalanish imkoniyati kengaydi, ilmiy-nazariy asoslari yaratildi, amaliyotda qoʻllana boshlandi. Bu yangilanishlar axborot texnologiyalarini tilshunoslikka tatbiq etish bilan bogʻliq istiqbolli ilmiy yoʻnalishlar paydo boʻlishiga yoʻl ochdi. Bu esa tabiiy tilni qayta ishlash(NLP)da semantik teglash usullarini oʻrganish zaruratini kun tartibiga qoʻydi. Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlashda qo‘llaniladigan semantik teglash usullari haqida fikr yuritilgan. Ular o‘zaro qiyoslab, tahlilga tortilgan.

Downloads

Published

2024-06-12