JAHON KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA BIR NECHA SO‘Z-SHAKLDAN IBORAT LEKSEMALARGA ISHLOV BERISH TAJRIBASI HAQIDA

Authors

  • Firuza Nurova

Keywords:

kompyuter lingvistikasi, morfologik tahlil algoritmi, semantik tahlil algoritmlari, semantik modellar, tabiiy til, morfoanalizator, fe’llarning analitik shakllari, semantika, matn korpuslari, til texnologiyalari, Deep Learning, ko‘p tilli tizimlar.

Abstract

Mazkur maqolada jahon kompyuter lingvistikasida bir necha so‘z-shakldan iborat leksemalarga ishlov berish tajribasi haqida so‘z boradi. Bir necha so‘z-shakldan iborat leksemalarni tarkibiy qismlarga ajratish, sintaktik va semantik tahlilni o‘z ichiga olgan turli yondashuvlar va texnologiyalar yuzasidan olib borilgan tadqiqot yo‘nalishlari tahlil qilinadi. O‘zbek tilshunosligida bir necha so‘z-shakldan iborat analitik shakllarning matn tarjimasidagi muammolari hamda yechilishi kerak bo‘lgan masalalari yoritilgan. Shuningdek, ko‘p so‘z shakllaridan tashkil topgan leksemalarni qayta ishlash mavzusi hisoblash tilshunosligining muhim tadqiqot sohasi bo‘lib, turli davrlarda bu sohaga hissa qo‘shgan olimlar haqida ham ma’lumot berilgan. Kompyuter tilshunosligida bir necha so‘z shakllaridan tashkil topgan leksemalarni qayta ishlashning murakkabligi ularning noaniqligi, shakl va ma’nolarning xilma-xilligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu kontekstni hisobga oladigan va to‘g‘ri so‘z birikmalarini ajratishni amalga oshiradigan, iboralarning ma’nosini tushunadigan samarali tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo etishi xususidagi mulohazalar aytib o‘tilgan.

Downloads

Published

2024-06-12