TENSORFLOW KUTUBXONASINING IMKONIYATLARI
Keywords:
TensorFlow, tensor, sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, chuqur o‘rganish.Abstract
Hozirgi axborotlashgan davrda ma’lumotlardan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarni qayta ishlash, tasniflash, tahlil qilish, tahrir qilish kabi masalalarni hal qilishda mashinaga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bu vazifalarni mashina orqali bajarish insoniyatni qo‘l mehnatidan va ortiqcha vaqt yo‘qotishdan qutqaradi. Buning uchun esa mashinali o‘rganishda kerak bo‘ladigan dasturiy ta’minoit kutubxonasidan foydalaniladi. Shunday dasturiy ta’minot kutubxonalaridan biri TensorFlowdir. TensorFlow mashinali o‘qitish chuqur o‘rganish modellarini ishlab chiqish va qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada
TensorFlow kutubxonasining asosiy tamoyillari, xususiyatlari va bir qancha ilovalari yoritiladi. Uning asosiy tushunchalari, jumladan, tensorlar, hisoblash grafiklari va operatsiyalari bilan tanishish, TensorFlowning asosiy arxitekturasi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, TensorFlowning turli xil platformalar uchun bir qancha turlari haqida tushunchaga ega bo‘lish mumkin. Tabiiy tilni qayta ishlash va shu kabi turli sohalarni qamrab olgan aniq misollar va amaliy tadqiqotlar orqali maqola TensorFlowning ko‘p qirraliligini namoyish etadi. Qolaversa, maqolada TensorFlowning boshqa vositalar bilan integratsiyalashuvi keltirilgan, bu esa mashinani o‘rganish hamjamiyatida o‘zaro hamkorlik qilishni yuzaga keltirishi mumkin. Shuningdek, maqolada TensorFlowning rivojlanayotgan shakli va uning sun’iy intellekt tadqiqotlari hamda sanoat ilovalaridagi yutuqlarni boshqarishdagi hal qiluvchi roli haqida fikr yuritiladi. TensorFlow kutubxonasi haqida atroflicha maʼlumot berib, ushbu maqola mashinali oʻrganishni yangi boshlovchilar uchun kerakli manba boʻlib xizmat qiladi.