Badiiy ijodda dekompressiya jarayoni
DOI 10.52773/tsuull.uzlc.2019.4/JRDQ7416
Keywords:
ijodiy individuallik, ijod tarixi, biografik metod, xamsaAbstract
Tadqiqotda ijod jarayonining bоshqa nazariyotchi olimlar qayd 
etganlaridek ikki bosqichli emas, balki uch bosqichli hodisa ekani haqidagi 
ilmiy farazni ilgari surish va bu borada dastlabki xulosalarni taqdim etish 
maqsad qilingan. Qo‘yilayotgan masala yangi va murakkab bo‘lib, hozirga 
qadar tadqiq etilmagan. Shu sababdan bir kichik maqola doirasida uning 
barcha badiiy-estetik xususiyatlari, bajaradigan vazifalari va nazariy 
kanonlarini belgilab berish mumkin emas. Shuningdek, bunda ilgari 
suriladigan umumnazariy fikrlarning nafaqat adabiyot, balki ijodning 
barcha tur va shakllariga tegishli ekani, ijodiy jarayonga oid ushbu bosqich 
makon, zamon va shaxs tanlamasligi, adabiyot tarixining barcha davrlariga 
xosligini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ayni paytda, tadqiqot ijod 
jarayoniga doir ushbu bosqichning amaliy voqelanish jarayonlariga 
to‘xtalish, qisman jahon, rus va o‘zbek adabiyoti manbalari negizida fikr 
yuritishga qaratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu o‘rinda badiiy ijod jarayoni 
va uning yangi – uchinchi bosqichi haqida fikr yuritiladi. Dekompressiya 
jarayoni deb nomlangan ushbu bosqichga xos nazariy kriteriylar jahon va 
o‘zbek yozuvchilari asarlari misolida tahliliy ko‘rsatib beriladi.