“ALIGNER” DASTURIY VOSITASI UCHUN O‘ZBEK-INGLIZ TILIDA SIFAT VA UNING DARAJALARINING MORFOLOGIK TAHLILI

Authors

  • Noila Matyakubova

Keywords:

Parallel matn, morfologik tahlil, tokenizatsiya, flektiv tillar, morfema.

Abstract

Morfologik tahlil parallel matnlarni moslashtirish jarayonidagi asosiy qadamlardan biri bo‘lib, lingvistik va grammatik ma’lumotlarni saqlashga, tarjima sifatini oshirishga va turli tillar bo‘yicha tadqiqotlarni osonlashtirishga yordam beradi. Bu turli xil tabiiy tillarni qayta ishlash vazifalari va ilovalari uchun zarur bo‘lgan parallel matnlar o‘rtasida to‘g‘ri va kontekstga mos moslashishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa boy flektiv va derivativ morfologiyaga ega bo‘lgan tillar bilan ishlashda muhim hisoblanadi. O‘zbek va ingliz tillari morfologik tuzilishi jihatidan bir-biridan mutlaqo farq qiladigan tillar bo‘lib, bu sifatlar va ularning qiyosiy shakllariga ham talluqlidir. Ushbu maqolada biz o‘zbek va ingliz tilida sifat va uning shakllari yasalishining morfologik tahlilini ko‘rib chiqamiz.

Downloads

Published

2024-02-25