ZAMONAVIY DUNYODA MASHINA TARJIMASI TADRIJI: TAHLILLAR VA NATIJALAR
Keywords:
avtomatik tarjima, RBMT, SMT, neyron tizimlar, NMT, nurli qidiruv tizimi, dinamik yondashuv, qayta tuzilish.Abstract
Bugungi kunda mashina tarjimasi sohasi jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bu borada dunyo ilm-fanida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, yaratilayotgan nazariyalar haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Ushbu g‘oyalarni o‘rganish va lozim bo‘lsa o‘zbek mashina tarjimasi yo‘nalishiga tatbiq etish bu sohaning jadalroq rivojlanishiga turtki bo‘ladi, degan fikrdamiz. Ushbu maqolada bugungi kunda jahon mashina tarjimasi sohasida amalga oshirilgan ishlar, avtomatik tarjimani optimallashtirish uchun taklif etilayotgan nazariyalar, g‘oyalar haqida fikr yuritamiz. Ularni o‘zaro qiyoslab, tahlil qilamiz. Shuningdek, hozirda mashhur tarjimon dasturlarining ishlash prinsiplariga to‘xtalib o‘tamiz, natijalar olamiz.
Downloads
Published
2024-02-25
Issue
Section
Maqolalar